Kimmix: "Mane Levandovski emas, u shuncha gol ura olmaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix klubga yangi kelgan Sadio Manening istiqbollari haqida gapirdi.
"Levandovski ketishi bilan bizning ko'rsatkichimiz pasayadi, biz uni jamoaviy ravishda almashtirishimiz kerak. Sadio ajoyib o'yinchi, albatta, lekin u 40-50 gol uradi deb o'ylamayman, unda boshqa sifatlar ham bor", - deydi “Bavariya” yarim himoyachisi.
Biroq Kimmix Mane Myunxen klubi o'yiniga bemalol kirib kelishiga ishonch bildirdi.
“O'ylashimcha, u g'alaba qozonishni istaydi, u oldinga borishni va unvonlarni qo'lga kiritishni xohlaydi", - deydi Kimmix.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
326