Lingardni "ilib" ketishmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

Jessi Lingard "Nottingem Forest"ga o'tishga yaqin kelmoqda.
The Guardian nashriga malum bo'lishicha, erkin agent maqomida turgan 29 yoshli yarim himoyachi transferga imkon qadar yaqin turibdi - chorshanba oqshomida u tibbiy ko'rikdan o'tgan.
"Nottingem Forest" Jessi Lingardga yaxshi pul to'lamoqchi - haftasiga taxminan 200 ming funt (taxminan 235 ming evro). "Vest Xem" "o'rmonchilar"ning taklifini takrorlay olmadi.
Eslatib o'tamiz, "Nottingem Forest" 23 yillik tanaffusdan so'ng Angliya premer-ligasiga qaytdi. Klub jiddiy ambitsiyalarga ega va ularni yozgi transfer bozorida ta'kidlashga harakat qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
334