Og'ir atletika. Bugun yana 4 ta medal naqd qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 84

Xabaringiz bor, poytaxtimiz Toshkent shahri og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Qizlar o'rtasida -71 kg vazn toifasida A guruhi bahslarida dast ko'tarish mashqida Dilnoza Fayzullaeva o'zining barcha urinishlaridan unumli foydalandi (76, 80 , 82 ) va natijada kumush medalga ega chiqdi.
Siltab ko'tarish mashqida esa Gulshodaxon Dadamirzaevaga omad kulib boqdi, u 97 kg vaznni o'ziga bo'ysundirib, kumush medalni qo'lga kiritdi. Fayzullaeva siltab ko'tarish mashqida sovrinli o'rinlardan quruq qoldi. Shunga qaramay ikkikurash natijasiga ko'ra Dilnoza Fayzullaeva bronza medali sohibasiga aylandi.
O'smirlar o'rtasida -59 kg vazn toifasida Sitora Ko'paysinova dast ko'tarish mashqida bronza medalini qo'lga kiritdi.
Natijada Dilnoza Fayzullaeva 1ta kumush va 1ta bronza, Gulshodaxon Dadamirzaeva 1ta kumush hamda Sitora Ko'paysinova bronza medalni mamlakatimiz sport delegatsiyasi hisobiga qo'shib qo'yishdi.
Shu tariqa, beshinchi kungi belashuvlarda hamyurtlarimiz 4ta medal qo'lga kiritishdi.
Manba: minsportuz
Bosh sahifaga
327