"Barsa" va "Chelsi"ning transferlar oynasidagi o'zaro kurashi hali to'xtagani yo'q
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

Ushbu transferlar oynasida "Barsa" va "Chelsi" transfer yangiliklarining asosiy provayderlari bo'lib qoldi.
Bir qancha o'yinchilar xaridi uchun klublar to'g'ridan-to'g'ri raqobatga kirishishdi. Biroq, yakunda asosiy o'yinchilar Ispaniyani tanladi. Yulduzlar haqiqatan ham Tomas Tuxelning "Chelsi"sidan voz kechib, kelajagini oldindan aytib bo'lmaydigan "Barselona"ni ma'qul ko'rishdi. Ular orasida Robert Levandovski ilgaridan "Barsa"ga o'tishni xohlayotgan edi (garchi unga "Chelsi" ham, "PSJ" ham qiziqish bildirgan bo'lsa-da).

Fabritsio Romanoning ta'kidlashicha, futbolchi nega Premer-ligada o'ynashni istamasligini aytgan. “Robert Angliyada tez-tez yomg'ir yog'ishidan nolidi. Lekin, u Germaniyadagidek samarali o'ynay olmasa kerak. Robert aynan shu narsadan qo'rqardi", - deydi futbolchining agenti. Bir necha oylik qiyin muzokaralardan so'ng "Barselona" "Lids"ning 25 yoshli vingeri Rafinyani qo'lga kiritdi. "Chelsi" ham braziliyalikni xarid qilishni juda ham xohlardi: Fabritsio Romano londonliklar uning uchun 70 million evro taklif qilganini yozdi - ammo u Ronaldino bilan yaqin munosabatlarini eslab, Kataloniyaga jo'nab ketgan.
Ispanlar vaziyatdan foydalanib qolib, "Lids”ga kutilganidan ham kamroq summa to'lagan: 58 million evro va yana 7 million bonuslar ko'rinishida tuhfa etiladi. "Ko'k-anorranglilar" bu miqdorni uch marta bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyatiga ega. "Lids" Rafinyaning "Barselona"da o'ynash istagi tufayli so'rovlarni biroz qisqartirishga majbur bo'ldi.

• Usmon Dembelega to'xtalsak, u ham «Chelsi»ga o'tishi mumkin edi, ammo yakunda frantsuzning maoshi hozirgi klubida baribir ko'tarildi (qo'shimcha bonuslar hisobiga). To'g'ri, shu o'rinda aniqlik kiritib o'tish joizki, Dembele Londonga unchalik qiziqmas edi. Buning ustiga uning o'rni allaqachon to'ldirilib, Raxim Sterling bu erda o'zini ko'rsatishga harakat qilib ko'radi. Usmonga boshqa taklif ham yo'q. "Barselona" Dembele bilan shartnomani uzaytirdi. Bu Xavining g'alabasiga o'xshab ko'rinmoqda. Chunki Dembele Kataloniyada hali o'z so'zini aytmadi.
• Andreas Kristensen "Chelsi"dan "Barselona"ga tekinga o'tdi. 2026 yilgacha shartnoma imzolandi, tovon puli - 500 million evro. Himoyachi Ispaniyani tanladi, garchi u 2012 yildan buyon «Chelsi» tizimida bo'lsa ham. Kelajakda "Chelsi" Kunde va Kristensenni tortib olishi mumkin.
Biroq bu borada hali ham ko'p narsalar noaniq. Sesar Aspilikueta ham Xavi jamoasiga kelib qo'shiladi. Sports.es nashrining yozishicha, "Chelsi" ular uchun 4 milliondan 5 million evrogacha pul olgan va yaqin kunlar ichida transfer kelishib olinadi.

• “Chelsi”ning boshqa himoyachisi Markos Alonso bilan vaziyat biroz murakkabroq: muzokaralar sust kechmoqda, shuning uchun “Barsa” unga muqobil variantni qidirmoqda. Diario AS xabariga ko'ra, kataloniyaliklar Markos o'rniga "Monako"dan Kayo Enrikeni olishlari mumkin. Ammo Alonsoning o'zi Ispaniyaga qaytishni kutmoqda, "Chelsi" esa hamon bunga qarshilik ko'rsatmoqda.
• Jyul Kunde uchun kurash hozir davom etmoqda. Dastlab "Barsa" u bilan shaxsiy shartlarda kelishib olgandi va buning evaziga "Sevilya"ga ikki futbolchisini taklif qildi. U erda Serjino Dest rad etildi, Memfis Depay esa faqat katta klubga o'tishni kutmoqda, deb yozadi Fabritsio Romano.

Insayder Janluka di Martsio Kunde 50 million evro bonuslar evaziga London klubiga o'tishga yaqin ekanligini aytdi. Bu erda "Barsa" omili futbolchiga ta'sir qilmaydi, shuning uchun "Sevilya" har qanday taklifni qabul qilishi mumkin.

Bosh sahifaga
229