"Bavariya" futbolchisi Londonda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

The Athletic jurnalisti Devid Ornshteynning xabar berishicha, "Bavariya" himoyachisi Kris Richards "Kristal Pelas"ga o'tishni yakunlash uchun Londonga uchib ketdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, yaqin orada 22 yoshli amerikalik tibbiy ko'rikdan o'tadi va ingliz klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Richardsni sotib olish “Kristal Pelas”ga 12 million evroga tushadi, transfer summasi bonuslarni hisobga olgan holda 20 million evroga etishi mumkin.
Richards o'tgan mavsumda "Xoffenxaym"da ijara asosida 21 o'yinda 1 gol va 1 golli uzatmani amalga oshirgan edi. Transfermarkt.com portali 22 yoshli amerikalik futbolchining narxini 7,5 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200