Marselo "Latsio" bilan muzokara o'tkazmagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 92

"Real"ning sobiq himoyachisi Marselo "Latsio" bilan hech qanday muzokara o'tkazmagan. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Qayd etilishicha, klub rahbariyati braziliyalik faxriyni taklif qilishdan manfaatdor emas, himoyachining o'zi esa kelasi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoada o'ynashni xohlaydi.
Eslatib o'tamiz, Marselo shu yozda "Real"ni tark etgandi. O'zining so'nggi mavsumida braziliyalik himoyachi o'z faoliyatidagi "qaymoqranglilar" bilan beshinchi Chempionlar ligasida g'olib chiqdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
275