Lorente: "Morata bizga ko'p narsa berishi mumkin"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98

Madridning “Atletiko” klubi yarim himoyachisi Markos Lorentening fikricha, “Yuventus”dan qaytgan hujumchi Alvaro Morata jamoaga ko'plab ijobiy fazilatlarni berishi mumkin.
“Men Moratani jamoada juda yaxshi ko'raman. O'ylaymanki, u bizga ko'p ijobiy fazilatlarni berishi mumkin. Terma jamoadagi o'yinlari uning ajoyib hujumchi ekanligini ko'rsatib turibdi. U biz bilan bo'lishidan xursandman, chunki u ajoyib inson", - deya Lorentening so'zlarini keltiradi CER.
Eslatib o'tamiz, Morata Turinning "Yuventus" klubida ikki yil ijara asosida o'ynagan, ammo yakunda "keksa sinora" kelishuv muddati tugashi bilan ispaniyalikni sotib olishdan bosh tortgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211