Pavarning xizmatlariga bir qator grand klublar qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

“Bavariya” himoyachisi Benjamin Pavar Evropaning bir qancha top-klublari e'tiborida bo'lib turibdi. Bu haqda RMC jurnalisti Loik Tanzi xabar bermoqda.
Frantsiyalik futbolchiga “Yuventus”, “Atletiko”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” qiziqish bildirmoqda, biroq hozircha hech bir klub taklif bilan chiqmagan. Pavar qiziqishdan xabardor va kelajagi haqida o'ylamoqda.
Pavar o'z kelajagini o'ylayotgan bo'lsa-da, u o'zining 4-mavsumini ham "Bavariya"da o'tkazishdan xursand bo'lardi. Shartnoma bo'yicha muzokaralar bahorda boshlangan. Klub boshliqlari Pavarga uning qarorini hurmat qilishlarini aytishgan. Futbolchi 35 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215