"Sautgempton" 19 yoshli frantsiyalik iqtidor bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 92

Sky Sports xabariga ko'ra, "Sautgempton" "Bordo" hujumchisi Seku Marani sotib olishga yaqin turibdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, "avliyolar" 19 yoshli frantsiyalik futbolchining transferi bo'yicha 13 million evroga kelishib olishgan va tez orada kelishuvni e'lon qilishadi.
Avvalroq klub moliyaviy muammolar tufayli Fransiya chempionatining uchinchi divizioniga tushib qolgandi.
2021/22 yilgi mavsumda Mara “Bordo” safida 27 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
181