Pedri yangi mavsumda "Barselona"dan nima kutayotganini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Pedri yangi mavsum oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Futbolchining so'zlariga ko'ra, jamoa oldingi mavsumga qaraganda muvaffaqiyatliroq mavsum o'tkazishi mumkin.
“Yozgi transferlar o'yinimizni yanada qiziqarli qiladi. Yangi mavsumni katta umidlar bilan kutyapman. O'ylaymanki, biz yaxshiroq natija ko'rsata olamiz”, - deya futbolchining so'zlarini keltiradi Marca nashri.
Eslatib o'tamiz, joriy yilning yozida "ko'k-anorranglilar" polshalik hujumchi Robert Levandovski va braziliyalik yarim himoyachi Rafina Diasni jamoaga olib kelishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
197