Laporta: "Biz "Barselona"ni Evropa futboli elitasiga qaytarmoqdamiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 78

Kataloniyaning “Barselona” klubi prezidenti Joan Laporta yozda amalga oshira olgan transferlar haqida fikr bildirdi.
"Biz jamoani yanada raqobatbardosh qilish niyatidamiz. "Barselona" yaxshi rivojlanmoqda. Robert Levandovskini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lganimiz juda yaxshi. Biz birgalikda "Barselona"ni Evropa futboli elitasiga qaytaramiz", - dedi Laporta.
Eslatib o'tamiz, bu yozda "Barselona" Levandovskidan tashqari braziliyalik yarim himoyachi Rafinyani ham o'z safiga qo'shib oldi.
Shuningdek, yaqin orada jamoa safiga ispaniyalik Sezar Aspilikueta ham qo'shilishi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
190