"Real" hujumchisiga bir necha takliflar bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 96

Madridning "Real" klubi hujumchisi Mariano Dias faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur Twitter sahifasida xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, 28 yoshli dominikanlikni "Lion", "Fenerbexche", "Kadis" va "Xetafe" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Madridliklar Mariano uchun yaxshi taklif kelib tushsa, uni sotishga tayyor.
"Qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilda yakunlanadigan hujumchi Transfermarkt portali tomonidan 6 million evroga baholangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
197