"Roma" hali "PSJ" bilan muzokaralarni boshlamagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97

Yarim himoyachi Jorjino Veynaldum yozda "PSJ"ni tark etishi mumkin.
Jurnalist Janluka Di Martsioning xabariga ko'ra, “Roma” niderlandiyalik futbolchini yoqtiradi. Italiya jamoasi transfer shartlariga oydinlik kiritish maqsadida tez orada parijliklar jamoasi vakillari va 31 yoshli futbolchi bilan bog'lanishi mumkin.
Hozircha tomonlar o'rtasida muzokaralar va muhim aloqalar yo'q.
"Roma" endi ko'proq "Red Bull Bragantino" himoyachisi Natan Bernardoni sotib olishga e'tibor qaratmoqda. "Bo'rilar" allaqachon 21 yoshli futbolchi bo'yicha so'rov yuborishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
190