Sanshesh hali hamon tanlov amalga oshirmagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

"Lill" prezidenti Olive Letang portugaliyalik yarim himoyachi Renatu Sanshesh "PSJ" yoki "Milan"ga o'tishini aytdi.
"Sanshesh ikkita yaxshi variantdan birini tanlamoqda, top-klublar uning uchun kurashmoqda. Biroq Renatu hamon "Lill"da, u boshqa klub bilan kelishuvga erishmagan. O'ylaymanki, u ketadi, lekin qaysi klubni bilmayman", - dedi Letang L'Equipe nashriga.
Avvalroq, "PSJ" va "Milan" portugaliyalikning transfer summasi borasida haligacha kelisha olmagani xabar qilingandi.
24 yoshli Sanshesh o'tgan mavsumda "Lill" safida barcha turnirlarda 31 o'yinda maydonga tushib, bitta gol va 5 golga assistentlik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211