"PSJ" Ramush bilan shartnoma imzolashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 91

"PSJ" "Sassuolo" bilan Janluka Skamakka transferi borasida kelisha olmayapti.
L'Equipe xabariga ko'ra, parijliklar futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishib olganiga qaramay, muzokaralar oldinga siljimayapti.
"PSJ" 23 yoshli Skamakka uchun 40 million evro to'lamoqchi, "Sassuolo" esa 50 million so'ramoqda.
Qayd etilishicha, hozirgi vaziyatdagi noaniqlik tufayli Parij klubi "Benfika"dan Gonsalu Ramushning ehtimoliy transferi ustida ishlay boshlagan. "PSJ" sport direktori Luis Kampos futbolchiga muxlislik qiladi.
21 yoshli portugaliyalik hujumchi o'tgan mavsumda 29 uchrashuvda 7 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
173