De Ligt "Bavariya" uchun debyutida gol urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 92

19 iyul kuni “Bavariya” bilan rasman shartnoma imzolagan gollandiyalik himoyachi Matteys de Ligt ikki kundan keyin yangi jamoasidagi ilk golini urdi.
Amerikaning "Di Si Yunayted" bilan o'rtoqlik uchrashuvida (3:0) futbolchi ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushdi va 47-daqiqada gol urdi.
Uchrashuvdagi birinchi golni esa klubning yozda xarid qilingan yana bir futbolchisi – Angliya “Liverpul”idan ko'chib o'tgan Sadio Mane kiritdi. Eslatib o'tamiz, 22 yoshli de Ligt "Bavariya" bilan 2027 yilning 30 iyuniga qadar 5 yillik shartnoma imzolagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
231