"PSJ" yana bir transfer amalga oshiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

"PSJ" bosh murabbiyi Kristof Galte yozda klub yana bir futbolchini sotib olishini aytdi.
"Klub universal bo'lishi mumkin bo'lgan piston ("piston" - butun qanot bo'ylab o'ynay oladigan qanot himoyachisi) qidirmoqda. Biz Erik-Junior Dinu-Ebimbeni oldik, lekin u bu pozitsiya o'yinchisi emas. Albatta, hammasini ayta olmayman, lekin bir necha kundan keyin safimizga yana bir futbolchi kelib qo'shiladi deb o'ylayman”, — dedi Galte "Kavasaki" bilan o'rtoqlik o'yinidan (2:1) keyin matbuot anjumanida.
"PSJ" "Leyptsig"ning o'ng qanot himoyachisi Nordi Mukielega qiziqish bildirmoqda. 24 yoshli frantsiyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.
O'tgan mavsumda u "Leyptsig" safida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.

Bosh sahifaga
262