"Manchester Yunayted" va "Chelsi" qiziqish bildirgan futbolchi "Marsel" bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94

Himoyachi Jonatan Klauss "Lans"dan "Marsel"ga ko'chib o'tdi. 29 yoshli frantsiyalik futbolchi bilan 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolangan.
O'tgan mavsumda Klaus barcha turnirlarda 40ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 11ta golga assistentlik qilgan. Shu yilning mart oyida u Frantsiya terma jamoasida debyut qildi.
Kecha, shuningdek, "Marsel" Ispaniyadan ikki futbolchi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi: darvozabon Ruben Blanko "Selta"dan ijaraga olingan va hujumchi Luis Suares "Granada"dan ko'chib o'tgan.
Avvalroq Klaussga "Chelsi" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
259