Mane "Bavariya" uchun ilk golini urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94

“Bavariya” “Di Si Yunayted”ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida hisobni ochdi. O'yin Vashingtondagi Audi Field maydonida o'tkazilmoqda.
5-daqiqada hujumchi Sadio Mane penaltidan gol urdi. Uning uchun bu to'p Myunxen jamoasi libosidagi birinchisi bo'ldi.
30 yoshli senegallik futbolchi 1 iyul kuni “Liverpul”dan “Bavariya”ga 32 million evro evaziga o'tgan edi. U uch yillik shartnoma imzoladi.
Eslatib o'tamiz, bir necha kun oldin “Di Si Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi etib angliyalik sobiq futbolchi Ueyn Runi tayinlandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
274