«Lokomotiv» Tojikiston terma jamoasi futbolchisi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 81

«Lokomotiv» klubi Tojikiston terma jamoasi a'zosi Manuchehr Safarov bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi.
O'ng qanot yarim himoyachisi 2021 yilda Tojikistonning "Istiqlol" klubi safida Osiyo chempionlar ligasida yaxshi o'yin namoyish etgach, Eronning "Persepolis" klubi bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi. Ammo yarim mavsum davomida bu jamoa safida u atigi 2ta o'yinda ishtirok etdi. Katta ehtimol bilan tomonlar shartnomani bekor qilishgan.
Manuchehr Safarov Tojikiston terma jamoasi safida 18ta o'yinda ishtirok etgan.
"Lokomotiv" 21 yoshli futbolchi bilan qancha muddatga shartnoma imzolaganini hali ma'lum qilmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252