Lingard uchun kurashdan "Vest Xem" chiqib ketdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

"Vest Xem" "Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Jessi Lingardni sotib olishdan voz kechdi, deb xabar beradi The Telegraph.
Londonliklar Lingardga taklif bilan chiqishdi, biroq klub Jessi erkin agent sifatida hisoblayotgan haftasiga 180 ming funt to'lashga rozi bo'lmadi.
Lingard "Manchester Yunayted"ni yoz boshida futbolchining klub bilan shartnomasi tugaganidan keyin tark etgandi. Shundan so'ng futbolchiga Premer-liga va MLSning bir qancha klublari qiziqish bildirgan, biroq yarim himoyachi hali yakuniy qarorga kelgani yo'q.
O'tgan mavsumda futbolchi Premer-ligada 16ta o'yin o'tkazib, 2ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
263