"Inter" muxlislari Shkrinyar transfer qilinishiga qarshi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

"Inter" muxlislari himoyachi Milan Shkrinyarning sotilishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlardan norozi, deb xabar beradi Calciomercato.
"Neradzurri ultras" vakillari klub ofisi oldiga shunday yozuv yozilgan bannerni osib qo'yishdi: "Aniq qoidalar uzoq muddatli do'stlikka yordam beradi. Shkrinyarga tegmang."

Oldinroq 27 yoshli slovakiyalik futbolchiga "PSJ"dan qiziqish bildirilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
2021/22 yilgi mavsumda Shkrinyar “Inter” safida 48 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi. Himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
268