"Atletiko" Oblak bilan yangi shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 84

"Atletiko" darvozaboni Yan Oblak tez orada Madrid klubi bilan yangi shartnoma imzolaydi. Tomonlar shartnomaning barcha shartlarini kelishib olishdi, deb yozadi Marca.
"Atletiko Madrid" kelasi hafta futbolchi bilan shartnoma uzaytirilishini rasman e'lon qilishi kerak.
Qayd etilishicha, yangi shartnomaga ko'ra, 29 yoshli sloveniyalikning maoshi yiliga 12 million evrogacha ko'tariladi.
Oblakning "Matraschilar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyunida tugaydi, 2023 yilning 1 yanvaridan esa darvozabon boshqa klublar bilan muzokara olib borishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
280