Tilemans "Arsenal"ning asosiy transfer maqsadi bo'lib qolmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 95

"Arsenal" "Lester" yarim himoyachisi Yuri Tilemansni sotib olmoqchi. Jurnalist Jon Persining so'zlariga ko'ra, "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta belgiyalik bilan kelishuvni imkon qadar tezroq yakunlash uchun rahbariyatga bosim o'tkazmoqda.
Qayd etilishicha, “Lester” bilan shartnomasi tugashiga bir yil qolgan Tilemansni 40 million evro evaziga sotib olish mumkin, ammo “Arsenal” hali bunday summani to'lashga tayyor emas.
"Arsenal" allaqachon uchta futbolchini o'z safiga qo'shib oldi: "Manchester Siti"dan Gabriel Jezus, "San-Paulu"dan Markinos va "Portu"dan Fabio Viyera. Klub “Manchester Siti”ning yana bir futbolchisi Aleksandr Zinchenkoni ham transfer qilishga yaqin turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230