Dibalaning "Roma"dagi maoshi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

Bugun Italiya klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan argentinalik hujumchi Paulo Dibala "Roma"da qancha maosh olishi ma'lum bo'ldi.
Qayd etilishicha, 28 yoshli argentinalik futbolchining “Roma”dagi maoshi bonuslarni hisobga olgan holda mavsumiga 6 million evroni tashkil qiladi.
So'nggi etti yil davomida Dibala "Yuventus" sharafini himoya qildi. Argentinalik futbolchi turinliklar safida jami 293 ta o'yin o'tkazib, 115 ta gol urgan va 48 ta golga assistentlik qilgan.
O'tgan mavsum oxirida Dibala "Yuventus"ni erkin agent sifatida tark etgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220