“Vilyarreal” etakchilardan biri bilan shartnomani uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

"Vilyarreal" jamoasi etakchilaridan biri, yarim himoyachi Eten Kapu bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi. 34 yoshli futbolchi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha hisoblangan mehnat shartnomasini imzoladi.
Eten Kapu - "Vilyarreal" bosh murabbiyi Unai Emeri uchun asosiy o'yinchi. Frantsiyalik yarim himoyachi 2021 yil boshidan buyon jamoada o'ynamoqda. Kapu bir yarim mavsumda barcha musobaqalarda 70 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216