"Inter" "Fiorentina" himoyachisi borasida muzokaralarni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 77

Milanning "Inter" klubi "Fiorentina" bilan himoyachi Nikola Milenkovich transferi bo'yicha rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda italiyalik jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, "Inter" serbni shu yozda sotib olmoqchi. "Neradzurrilar" "Torino"dan Gleyson Bremerni qo'lga kirita olmagani uchun Milenkovich himoyani kuchaytirish uchun asosiy transfer maqsadiga aylandi.
Nikolaning "Fiorentina" bilan shartnomasi tugashiga atigi bir yil qoldi. Shu faktni hisobga olsak, "binafsharanglilar" rahbariyati futbolchini arzonlashtirilgan narxda qo'yib yuborishi kerak.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238