London klubi germaniyalik himoyachi uchun 33 million evro sarflashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 95

"Vest Xem" "Xoffenxaym" himoyachisi David Raumni qo'lga kiritish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, ingiliz klubi bosh murabbiyi Devid Moyes chap qanot himoyasini kuchaytirmoqchi va 24 yoshli germaniyalikni o'z safiga qo'shib olishga juda qiziqmoqda. "Xoffenxaym" futbolchi uchun 33 million funt talab qilmoqda.
O'tgan mavsumda Raum "Xoffenxaym" safida barcha musobaqalarda 35 o'yinda 3 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 18 million funtga baholagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
288