"Marsel" A Seriyadan himoyachi sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 88

Jurnalist Marko Konterioning xabar berishicha, "Marsel" "Verona" yarim himoyachisi Darko Lazovich transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, provansliklarning yangi bosh murabbiyi Igor Tudor 31 yoshli serbni sotib olmoqchi. Tudor o'tgan mavsumda futbolchi bilan "Verona"da ishlagan.
Muzokaralar yakuniy bosqichda. "Marsel" shu haftada kelishuvni yakunlashi kutilmoqda.
O'tgan mavsumda Lazovich "Verona" safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 4 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
289