Rasman! "Dinamo" yana bir yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 88

Superliga ikkinchi davrasi oldidan "Dinamo" jamoasi tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
Samarqand jamoasi tarkibiga 24 yoshli hujumchi Shohrux Mahmudhojiev taklif etildi.
"Paxtakor" klubi tarbiyalanuvchisi 2018-2019 yillar Toshkent klubi sharafini himoya qilgan bo'lsa, 2020-2021 yillar "Navbahor" klubida to'p tepgan. Joriy mavsum avvalida esa Tojikistonning "Xo'jand" klubi sharafini himoya qilib, OFK kubogida to'p tepdi. Birinchi davradan keyin Tojikiston vitse-chempioni safini tark etgan Shohrux Mahmudhojiev "Dinamo" bilan 2022 yil oxiriga qadar shartnoma imzoladi. 24 yoshli forvard "Dinamo"ning Chirchiqdagi mashg'ulotlariga qo'shildi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
290