Bremer "Yuventus" bazasiga etib keldi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

"Torino" himoyachisi Gleison Bremer klubga o'tishni yakunlash uchun "Yuventus" bazasiga keldi.
"Yuve" matbuot xizmati 25 yoshli braziliyalik klubning J Medical tibbiy markaziga ko'rikdan o'tish uchun qanday kelgani aks etgan videoni joylashtirdi.
Avvalroq Bremerni xarid qilish "Yuventus"ga bonuslarni hisobga olmaganda 40 million evroga tushishi haqida xabar berilgandi.
Bremer o'tgan mavsumda "Torino"da 33 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260