"Benfika" yarim himoyachisi faoliyatini BAAda davom ettiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 96

Yarim himoyachi Pitstsi ushbu transfer oynasida "Benfika"ni tark etadi. A Bola xabariga ko'ra, 32 yoshli portugaliyalik futbolchi faoliyatini BAA chempionatida davom ettiradi.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi Dubay klubi bilan muzokara olib bormoqda. Pitstsining Lissabon jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan edi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 4 million evroga baholamoqda.
O'tgan mavsumda Pitstsi Turkiyada "Istanbul BB" uchun ijara asosida o'ynagandi. U turk klubi safida 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi va 1ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
207