Jorjino va Kantega o'rinbosar topildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

"Chelsi" "Barselona"ga yarim himoyachi Frenki de Yongning transferi bo'yicha rasmiy taklif tayyorlamoqda.
Futbolchi so'nggi bir necha hafta davomida "Manchester Yunayted" bilan muzokara olib bordi, biroq Erik ten Xag jamoasining shartlarini qabul qilmadi.
De Yongning Kataloniya klubidagi kelajagi ham noaniqligicha qolmoqda, ammo "Chelsi" futbolchini transfer qilishga tayyor.
London klubi markaziy yarim himoyachilari Jorjino va Kantening shartnomasi kelasi yozda tugaydi, "ko'klar" bosh murabbiyi Tomas Tuxel o'yinchilardan birining o'rniga de Yongni ko'rmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
195