“Liverpul” himoyachisi jamoani tark etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

Himoyachi Ben Devis “Liverpul”ni tark etdi.
Klub 26 yoshli futbolchining "Reynjers"ga o'tganini e'lon qildi. Transfer summasi 4 million funtga baholanmoqda. Futbolchi Shotlandiya klubi bilan 4 yil muddatga shartnoma imzolagan.
2021 yilning fevralida “Liverpul” Devisni "Preston"dan 1,6 million funt evaziga bonuslar bilan tarkibga qo'shib olgandi.
Himoyachi hech qachon "qizillar" bilan rasmiy o'yinlarda maydonga tushmagan. U o'tgan mavsumni "Sheffild Yunayted"da ijara asosida o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213