"Chelsi" va "Barselona" o'rtasidagi muzokaralar to'xtatildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

Himoyachi Markos Alonsoning "Chelsi"dan "Barselona"ga o'tish jarayoni to'xtatildi.
El Chiringuito xabariga ko'ra, Kataloniya klubi futbolchining narxidan qoniqmagan. Kelasi yozda shartnomasi tugashiga qaramay, «ko'klar» futbolchi uchun 13 million evro talab qilmoqda.
Alonsoning «Chelsi»dagi jamoadoshi Sesar Aspilikuetaga kelsak, uning transferi bo'yicha muzokaralar muvaffaqiyatli kechmoqda.
Nashrning yozishicha, “Barselona” boshqa variantlarni ko'rib chiqishga qaror qilgan. Xususan, kataloniyaliklar etiborini “Selta” himoyachisi Xavi Galanga qaratdi.
Alonso o'tgan mavsumda APLda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
243