Van de Bek: "MYu"da tanish-bilishchilik ketmaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Donni van de Bek asosiy tarkibdan joy uchun hamma bilan teng kurashishi kerakligini aytdi.
Gollandiyalik futbolchi "qizil iblislar"ning ustozi bilan yaxshi tanish: yarim himoyachi Amsterdamda aynan Ten Xag boshchiligida yaxshi davrlarni o'tkazgan, shundan so'ng u "Yunayted"ga o'tgan. Ikki yil o'tib, murabbiyning o'zi ham xuddi shu yo'ldan bordi.
«Albatta, atrofdagilarning hammasi Ten Xag kelganidan keyin o'ynashim kafolatlanishini aytishdi, chunki u meni «Ayaks»dan biladi.
Ha, Erik men bilan futbolchi sifatida yaxshi tanish, ammo bu menga ustunlik bermaydi. Qanday bo'lmasin, men ko'p narsani isbotlashim kerak. "MYu"da tanish-bilishchilik ketmaydi», - deydi van de Bek.

Bosh sahifaga
214