"Roma" yarim himoyachisiga London klubi ham qiziqish bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 90

"Roma" yarim himoyachisi Nikolo Dzanolo "Tottenxem"ning ushbu mavsum oralig'idagi birinchi va oxirgi transferi bo'lishi mumkin.
Calciomercato xabariga ko'ra, "shporlar" bosh murabbiyi Antonio Konte markaziy zonaga kreativlik qo'sha oladigan yarim himoyachi qidirmoqda va Dzanolo bu rol uchun asosiy maqsad hisoblanadi.
Ilgari bu lavozimga Kristian Eriksen ko'rib chiqilardi, ammo daniyalik «Manchester Yunayted» bilan shartnoma imzolashni afzal ko'rdi.
Shuningdek, Dzanologa «Yuventus» qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi, ammo «Roma» va Turin klubi transfer shartlari bo'yicha kelisha olmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202