De Ligt: "Bunday katta klub futbolchisiga aylanganimdan xursandman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

Himoyachi Matteys de Ligt "Yuventus"dan "Bavariya"ga o'tganidan so'ng o'z his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.
“Bunday katta klub futbolchisiga aylanganimdan xursandman. "Bavariya" - Germaniyaning eng muvaffaqiyatli klubi. Va Evropaning eng yaxshi jamoalaridan biri.
Murabbiylar va Myunxen klubi rahbariyatining menga bo'lgan katta qiziqishini darhol his qildim. Bu meni transferga rozi bo'lishga ishontirdi", - deya futbolchining so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.
22 yoshli De Ligt "Bavariya" bilan 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191