So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
EChL, yarim final. «Ayaks» Londonda g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1008
![](https://futboltv.asia/images/news/ajax-tott.jpg)
Evropa chempionlar ligasining yarim final bosqichi doirasida dastlabki o'yin bo'lib o'tdi. Mavsum kashfiyotiga aylangan «Ayaks» hazillashmayotganini yana bir marta isbotladi. Amsterdamliklar Londonda «Tottenxem»ni mag'lub etishdi.
Erik ten Xag shogirdlari bahs boshidanoq qo'rqmasdan, dadil harakat qila boshladilar. Ular to'pni ajoyib tarzda nazorat qilib, "Tottenxem" futbolchilarini to'psiz yugurishga majbur qilishdi. Gollandlarning hujumlari tobora keskin ko'rinish ola boshladi va 15-daqiqada hisob ochildi.
Zieshning uzatmasini Donni van de Beek so'ngi himoyachi bilan bir chiziqda qabul qildi va yakkama-yakka vaziyatda Ugo Lorisni dog'da qoldirdi. Oradan 9 daqiqa o'tib amsterdamliklarning yana bir chiroyli kombinatsiyasi naf keltirishi kerak edi. Tadich bu safar o'tkir burchak ostida darvozabon bilan yuzma-yuz holatda qoldi. U o'zi zarba berishga qaror qildi va uning zarbasini Loris oyoqlari bilan qaytardi. Dushan bo'sh darvoza qarshisida yolg'iz qolgan van de Beekga pas berganida, hisobdagi farq oshishi mumkin edi.
Birinchi bo'limning ikkinchi yarmida londonliklar o'yin sur'atini tenglashtirishdi, ammo ularga gol urish nasib etmadi.
Ikkinchi taymda ustunlik mezbonlar tomonida bo'ldi, ammo golga tortadigan eng xavfli vaziyatni "Ayaks" futbolchilari yaratishdi. Bahsning 78-daqiqasida Mazraviy o'ng tomondan oldinga o'tib, hujumga asos soldi. Zieshning uzatmasidan keyin to'pni qabul qilgan Neres o'tkir burchak ostida zarba berdi. To'p esa ustunga tegib qaytdi. Loris joyida qotib qolgandi.
Qolgan daqiqalarda mehmonlar yaxshi himoyalanib, g'alabani ushlab qolishdi. Javob o'yini esa 8 may kuni Amsterdamda bo'lib o'tadi. Final yo'llanmasi taqdiri o'sha bahsda hal bo'ladi.
Evropa chempionlar ligasi, yarim final, dastlabki o'yin
"TOTTENXEM" - "AYaKS" - 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 15 van de Bek.
Tottenxem – Loris, Sanches, Alderveyreld, Rouz (Devis, 79), Vertongen (Sissoko, 39), Lukas Moura, Eriksen, Alli, Vanyama, Tripper (Foyt, 80), Lorente.
Ayaks – Onana, de Ligt, Talyafiko, Veltman, Blind, van de Bek, Ziesh (Xuntelar, 87), Tadich, Shene (Mazraui, 65), Neres, de Yong.
Ogohlantirishlar: Talyafiko (30), Veltman (63).