"Yuventus" Bremer uchun qancha bermoqchi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 82

Turinning "Yuventus" klubi himoyachi Gleyson Bremerning transferi borasida "Torino"ga o'z shartlarini e'lon qildi. Jurnalist Romeo Agrestining so'zlariga ko'ra, “keksa sinora” 48 million evro to'lashga tayyor.
"Buqalar" "Yuventus" takliflarini qabul qilishlari kutilmoqda, garchi futbolchiga "Inter" ham qiziqmoqda. Gap shundaki, “neradzurrilar” moliyaviy muammolar tufayli “keksa sinora”ning taklifini to'xtata olishmasa kerak.
Bremerning "Yuventus"ga o'tishi Matias de Lixtning "Bavariya"ga o'tishini tezlashtirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
267