"Liverpul" "MYu" qiziqish bildirayotgan futbolchi uchun kurashga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 168

Football Insider xabariga ko'ra, "Liverpul" "Ayaks" vingeri Antonining xizmatiga qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko'ra, Amsterdam klubi rahbariyati 22 yoshli futbolchi uchun 69 million evro so'ramoqda. Braziliyalik futbolchining bunday yuqori narxi transferga to'sqinlik qilishi mumkin.
Avvalroq, futbolchiga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
O'tgan mavsumda vinger "Ayaks" safida 32 o'yinda maydonga tushib, 12 gol urgan va 10 golga assistentlik qilgan. Transfermarkt portali Braziliya terma jamoasi futbolchisini 35 million evroga baholadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210