"Latsio" prezidenti: "Bizda hasad qiladigan hech narsa yo'q"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 81

"Latsio" prezidenti Klaudio Lotito "Roma"ning Konferentsiyalar ligasidagi g'alabasi haqida fikr bildirdi. Eslatib o'tamiz, 2022 yilning may oyida Joze Mourino shogirdlari turnirning final uchrashuvida Rotterdamning "Feyenoord" klubini mag'lub etishgan edi.
"Biz ajoyib jamoani yaratdik, shuning uchun bizda hasad qiladigan hech narsa yo'q", - deydi "Latsio" prezidenti Calciomercato bilan suhbatda.
Avvalroq, "Latsio" "Roma" tarbiyalanuvchisi bo'lgan Alessio Romanolini erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olgandi. Shartnoma imzolangach, italiyalik futbolchi bolaligidanoq “burgutlar”ga ishqibozlik qilganini aytgandi.
"Latsio" o'tgan mavsumda A Seriyada beshinchi, "Roma" esa oltinchi o'rinda yakunlandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214