Sabaleta: "Sterling "Manchester Siti"ga yaxshi munosabatda bo'lishi kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 85

"Manchester Siti"ning sobiq himoyachisi Pablo Sabaleta Raxim Sterlingni "shaharliklar"ga hurmat bilan munosabatda bo'lishga chaqirdi. Eslatib o'tamiz, angliyalik futbolchi 50 million evro evaziga Londonning "Chelsi" klubiga ko'chib o'tgan edi.
"Raxim "Manchester Siti"da ajoyib o'ynadi va biz unga eng yaxshi tilaklarni tilaymiz. Bu klubni tark etganingizda, bu haqda yaxshi gapirishingiz kerak. Sterling "Manchester Siti"ga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'lishi kerak", - dedi Sabaleta Football Daily nashriga.
Sabaleta Sterling bilan ikki mavsum davomida "Manchester Siti"da o'ynadi, shundan so'ng u "shaharliklar" safini tark etib, "Vest Xem"ga ko'chib o'tgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221