"Bavariya" futbolchisi operauiyadan keyingi ahvoli haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Leon Goretska jarrohlik amaliyotidan so'ng o'zini qanday his qilayotgani haqida fikr bildirdi.
“Menga katta kuch bag'ishlagan tiklanish haqidagi xabarlaringiz uchun tashakkur. Kechagi operatsiya muvaffaqiyatli o'tdi, o'zimni yaxshi his qilyapman. Men imkon qadar tezroq maydonga qaytish uchun bor kuchimni ishga solaman va ko'p vaqtimni o'tkazib yubormasligimga ishonchim komil”, - deb yozadi Goretska o'zining ijtimoiy tarmog'ida.
Oldinroq 27 yoshli yarim himoyachi 6-8 haftani o'tkazib yuborishi xabar qilingandi.
"Bavariya" 2022/2023 yilgi mavsumdagi ilk rasmiy o'yinini 30 iyul kuni "Leyptsig"ga qarshi o'tkazadi. Jamoalar Germaniya Superkubogi uchun kurash olib boradi.

Bosh sahifaga
214