"MYu" "Inter" futbolchisi borasida muzokara olib boryaptimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100

Transfer bozori eksperti Fabritsio Romano "Inter" yarim himoyachisi Denzel Dyumfrisning "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin bo'lgan vaziyatga oydinlik kiritdi.
"Erik ten Xag Dyumfrisni qadrlaydi, ammo hozirda "Inter" bilan muzokaralar olib borilmayapti", - deydi insayder.
Oldinroq "Manchester Yunayted" ustozi o'ng qanot himoyachisi sotib olishga harakat qilishi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi. Biroq Romano bunday transfer faqat Aaron Uan-Bissaka klubni tark etgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkinligini ta'kidladi.
Dyumfris o'tgan mavsumda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260