"MYu" va "Chelsi" qiziqish bildirgan futbolchi bugun boshqa klub uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

Frantsiyaning "Lans" himoyachisi Jonatan Kloss kelasi mavsumda Premer-ligada o'ynamasa kerak. Jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko'ra, frantsiyalik futbolchi bugun "Marsel" safida tibbiy ko'rikdan o'tadi.
29 yoshli himoyachi provansliklar uchun 8 million evroga tushadi. O'tgan mavsumda futbolchi Frantsiya chempionatida 5 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, "Chelsi" va "Manchester Yunayted" yaqin vaqtgacha Klossning nomzodini ko'rib chiqqandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
208