Pyontekka A Seriya klublari qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98

Huquqlari Berlinning "Gerta" klubiga tegishli bo'lgan polshalik hujumchi Kshishtof Pyontek Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
Insayder xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchining xizmatlariga A Seriyaning ismlari oshkor etilmagan ikki vakili qiziqish bildirmoqda.
Kshishtof o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Fiorentina"da ijarada o'tkazdi. U "binafshalar" safida 18 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urgan. Bungacha u A Seriyada “Milan” va “Jenoa” jamoalarida o'ynagan.
Polshalik futbolchining bozor qiymati 12 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
224