"Paxtakor" Shatskix boshchiligidagi ilk nazorat o'yinida golsiz durang qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

Ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayoni doirasida "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" nazorat o'yinida hisob ochilmadi.
Ayni paytda "Paxtakor" futbolchilariga mashg'ulotlarda jismoniy yuklamalar berilayotgani sababli Maksim Shatskix ikki bo'limda turli tarkiblardan foydalandi. Unda yosh o'yinchilarga ham imkoniyat berildi. Bahsda to'p nazorati toshkentliklar tarafida bo'ldi, lekin jamoalar yaqqol golli vaziyatlarni unchalik ko'p yuzaga keltirishmadi. O'yin 0:0 hisobida yakuniga etdi.
"PAXTAKOR" - "QO'QON-1912" - 0:0
Hakam: Ilgiz Tantashev.
"Paxtakor": Quvvatov, Alijonov, Larin, Yoqubov, Ismoilov, Hamrobekov, Iminov, Hamdamov, Cheran, Turg'unboev, Mirahmadov.
2-bo'lim: Suyunov, Azmiddinov, Ortiqboev, Todorov, Sayfiev, Fayzullaev, Sobirxo'jaev, Aliboev, O'rinboev, Xolmatov, Turdimurodov.
"Qo'qon-1912": I.Abdullaev, Mamatxo'jaev, Xolmuhammedov, Rustamov, Vahobov, Azimov, Ro'ziev, Sidiqov, Toshmirzaev, Komilov, Longji Song.
Manba: "Paxtakor" klubi matbuot xizmati
Bosh sahifaga
275