"Yuventus" bu himoyachi uchun 40 million evrodan kechmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117
.jpg)
“Yuventus" "Torino" himoyachisi Gleyson Bremer uchun 40 million evro to'lashga rozi bo'ldi, deya xabar berdi jurnalist-insayder Fabritsio Romano. Futbolchiga avvalroq "Inter" jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.
Bremerning o'zi allaqachon "Yuve" bilan 2027 yilgacha bo'lgan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Futbolchining maoshi mavsumiga 4 million evroni tashkil qiladi.
Avvalroq, 18 iyul, dushanba kuni “Inter” rahbariyati “Torino” vakillari va 25 yoshli braziliyalik futbolchi bilan uchrashib, Bremerning transfer shartnomasini yopishi haqida xabar berilgandi.
2021/22 yilgi mavsumda futbolchi “Torino” safida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
614