Zommer faoliyatini Frantsiyada davom ettiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 77

Shveytsariyalik darvozaboni Yann Zommer Myonxengladbaxning "Borussiya"sidan "Nitstsa"ga o'tishga yaqin turibdi, deb xabar beradi L'Equipe.
Tomonlar allaqachon muzokaralar olib borgan va kelishuvga erishgan. Frantsuz klubi bosh murabbiyi Lyusen Favr 33 yoshli darvozabonning taklif qilinishining asosiy tashabbuskori bo'ldi.
Yoz boshida "Nitstsa" asosiy darvozabon Valter Benitesni tark etdi. Argentinalik futbolchi Eyndxovenning PSV klubiga o'tdi.
Zommer o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 63 ta gol o'tkazib yuborgan. U etti o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
633